O'zbekiston

DXX pora olgan mansabdorlarni qo‘lga tushirdi

Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

DXX pora olgan mansabdorlarni qo‘lga tushirdi

Toshkent, Xorazm, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlarida bir nechta mansabdorlar pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqida Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Toshkent viloyatida “O‘rta Chirchiq tumangaz” gaz taʼminoti bosh muhandisi non mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan binoni gaz tarmog‘iga ulab berish, texnik hujjatlarni rasmiylashtirish, hisoblagich o‘rnatish, gaz quvurlarini tortish va boshqa ishlarni qilib berish evaziga 8500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Xorazm viloyatidagi holatda esa, “Xazorasp erkin iqtisodiy zona direksiyasi” DUK mutaxassisi Qo‘shko‘pir tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni o‘zining mansabdor tanishlari orqali viloyat IIBga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilgan hamda 3500 AQSH dollarni olgan paytda qo‘lga olindi. Viloyatdagi ikkinchi poraxo‘rlik holati esa Bog‘ot tumanida aniqlangan. Savdo-sanoat palatasining tumandagi mansabdor shaxsi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning yerga bo‘lgan egalik huquqini qayta tiklab berish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 400 AQSH dollari hamda 1 million 200 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

 

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi 2 nafar fuqaroni mazkur birlashmaga ishga qabul qilish evaziga 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Bundan tashqari, Samarqand viloyatining Samarqand shahrida avtotransport vositalari ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJning bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi mahalliy tadbirkor tomonidan Turkiyadan olib kelingan qiymati 850 mln. so‘mlik tovar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat bojlarini bojxona idoralaridagi tanishlari orqali tez va arzon narxlarda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirib berganligi evaziga 1300 AQSH dollari talab qilgan. U so‘ralgan pulning 1100 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, mazkur ishga aloqador bo‘lgan, Samarqand viloyat bojxona boshqarmasiga qarashli bojxona postlaridan birining boshlig‘i ham 200 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

DXX pora olgan mansabdorlarni qo‘lga tushirdi | Zamon.uz