Lifestyle

Eng ko‘p maosh oladigan 10 ta davlat

Ceoworld jurnali bu bo‘yicha reyting eʼlon qildi.

Eng ko‘p maosh oladigan 10 ta davlat

2023 yil yakuniga ko‘ra, Shveysariya eng yuqori o‘rtacha ish haqiga ega mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

 

O‘tgan yili shveysariyaliklar oyiga o‘rtacha 8111 dollar maosh olgan. Gap soliq va boshqa chegirmalardan tashqari ish haqi haqida ketmoqda.

 

Ikkinchi o‘rinni Lyuksemburg egalladi. 2023 yilda mamlakatda o‘rtacha ish haqi oyiga 6 633 dollarni tashkil etdi. Kuchli uchlikni AQSH 6455 dollar bilan yakunladi.

 

O‘rtacha ish haqi bo‘yicha birinchi o‘ntalikka Islandiya (6441 dollar), Norvegiya (5665 dollar), Daniya (5642 dollar), Kanada (5081 dollar), Grenlandiya (4665 dollar), Irlandiya (4622 dollar) va Niderlandiya (4581 dollar) kirdi.

Eng ko‘p maosh oladigan 10 ta davlat | Zamon.uz