Maktab formasi majburiy joriy etilmasligi rad etildi
Vazirlik tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, har bir umumtaʼlim maktabining bu boradagi o‘z ichki Nizomlari qabul qilingan.
Unga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining maktab formasida kelish tartibi umumtaʼlim muassasalarining ushbu ichki Nizomlarida belgilangan. Ushbu talab maktab formalarining majburiy joriy etilmasligini anglatmaydi.







