Toshkentda Nexia yonib ketdi
YHXB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Bugun, 3 avgust kuni Yashnobod tumanining Uysozlar ko‘chasida Nexia-1 rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.







