Prezident mehnat taʼtilidan qaytdi
Davlat rahbarining joriy haftadagi ish rejasi maʼlum qilindi.

Joriy haftada davlat rahbari huzurida Ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, hafta davomida Prezident davlat tashrifi bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lishi, Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelishi kutilmoqda.







