O'zbekiston

Buxorolik erkak xotinini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Hodisaga rashk sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Buxorolik erkak xotinini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Rabotak” mahallasida yashovchi 50 yoshli erkak 24 yoshli ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

 

Xotini 2018 yil vafot etgan A.D. 2018 – 2019 yillarda Buxoro shahrida yashovchi ayol bilan yashab kelgan. Bir nafar farzandi tug‘ilgach, ayol bilan ajrashgan. 2019 yilda esa Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 24 yoshli ayol bilan turmush qurgan. 

 

Oila boshlig‘i hech qayerda ishlamagach, farzand tug‘ilgan oilada muammolar kelib chiqa boshlagan. Shundan so‘ng ayol mahallada kafelarning birida ishlay boshlagan. 50 yoshli erkak ayolini rashk qilib, har kuni kafeda janjal ko‘targan. Kunlarning birida ayolining unga xiyonat qilayotgani aytilgan xabardan so‘ng, bu to‘polon kattalashgan va qotillik bilan yakunlangan. 

 

2024 yilning 30 iyul kuni ayoli ishlayotgan kafega borgan erkak janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan ayolining chap bel sohasiga og‘ir tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Ayol esa voqea joyida vafot etgan.

 

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Buxorolik erkak xotinini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi | Zamon.uz