O'zbekiston

Doniyor G‘aniyev deputatlikdan ketdi

Bu haqida uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Doniyor G‘aniyev deputatlikdan ketdi

Doniyor G‘aniyev yangi ishga o‘tishi munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlik faoliyatini yakunladi. Sobiq deputat o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida:

 

“Saylovchilar bildirgan ishonchni oqlash, ularning dardu tashvishlarini, muammo va xohishlarini parlament minbariga olib chiqish, qabul qilingan qonunlarning adolatli va insonparvar bo‘lishiga hissa qo‘shish, murojaat qilgan fuqarolarga yordam bera olish imkoniyati men uchun deputatlikning eng katta sharafi bo‘ldi. Bunday imkoniyat va baxt menga nasib qilganidan har doim faxrlanaman.

 

Albatta, deputatlik faoliyatimga eng munosib bahoni saylovchilar beradi. Balki, menga ovoz bergan saylovchilarning ishonchini har doim ham oqlay olmagandirman. Biroq, vijdonimga qarshi bormaslikka, prinsiplarimga sodiq qolishga qo‘limdan kelgancha harakat qildim. Insonlar og‘irini yengil qilishga xizmat qiluvchi ijobiy normalarni qo‘llab-quvvatlashdan, fuqarolar manfaati va huquqlariga zid deb bilgan qonunlarga esa qarshi turishdan ikkilanmadim”, — deb yozdi.

 

Doniyor G‘aniyev keyingi faoliyatini Vazirlar Mahkamasida investitsiya yo‘nalishida masʼul xodim sifatida davom ettiradi. Uning aytishicha, u deputatlikdan avval ham shu yo‘nalishda ishlagan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Doniyor G‘aniyev deputatlikdan ketdi | Zamon.uz