O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva: “Biz jadidlarning yiqilgan bayrog‘ini tiklayapmiz”

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan “Zakovat” xalqaro musobaqasida millat maʼrifatparvarlari bo‘lgan O‘zbekistondagi jadidlar va Qozog‘istondagi Alash harakati vakillarini eslab o‘tdi, ularning o‘xshash tarixi haqida gapirdi.

Saida Mirziyoyeva: “Biz jadidlarning yiqilgan bayrog‘ini tiklayapmiz”

“XX asr boshlarida jadidlar ham, Alash harakati vakillari ham yagona maqsad – xalqni ozod qilish va vatan ravnaqiga intilganlar. Barchasining orzusi taraqqiy etgan jamiyat bo‘lgan. Nima uchun mintaqamiz rivojlanishda dunyo mamlakatlaridan ortda qolayotganini o‘lkamiz ziyolilari yaxshi anglagan. Lekin ularga o‘ylagan niyatlarini amalga oshirish imkoni berilmadi”.

 

 

Bugun mamlakatlar rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ularning ulug‘ ishlari davom ettirilmoqda. Saida Mirziyoyeva shunday dedi:

 

“Bir necha avlod almashdi. Mana endi, davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi sabab bo‘lib, jadidlarning yiqilgan bayrog‘ini tiklamoqdamiz. Xuddi bizdagi kabi Alash harakati taraqqiyparvar yoshlar uchun namuna hisoblanadi. Biz ularning g‘oyalarini amalga oshirish, maʼrifat va taʼlimni ular orzu qilgan darajaga yetkazish harakatini boshladik”.

 

 

Saida Mirziyoyeva, shuningdek, “Zakovat” klubining O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi intellektual rivojlanish va madaniy almashinuv ramzi sifatidagi ahamiyatini taʼkidladi:

 

“Aynan shuning uchun bugun sizlarni – "Zakovat" klubining qozog‘istonlik va o‘zbekistonlik ishtirokchilarini qutlamoqdamiz. Keling, bir-birimizni olqishlaylik!”

 

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"