O'zbekiston

“Biznesni rivojlantirish banki” Osiyo taraqqiyot banki bilan kelishuvga erishdi

Loyihaning asosiy maqsadi xalqaro standartlarga asoslangan bank xizmatlarini ko‘rsatishning yangi operatsion modelini yaratishga qaratilgan.

“Biznesni rivojlantirish banki” Osiyo taraqqiyot banki bilan kelishuvga erishdi

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB mikro, kichik va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatishning yangi operatsion modelini ishlab chiqish yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan kelishuvga erishdi.

 

Loyihaning asosiy maqsadi mikro, kichik va o‘rta biznes segmenti korxonalariga xalqaro standartlarga asoslangan bank xizmatlarini ko‘rsatishning yangi operatsion modelini yaratish va uni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

 

Loyiha doirasida mazkur segmentga xizmat ko‘rsatuvchi tarkibiy tuzilmalarga, xodimlarning samaradorlik ko‘rsatkichlariga talablar, moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha tashabbuslar ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

 

Loyiha OTBning granti asosida amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, loyiha doirasida mazkur yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishgan xorijiy banklar, xususan, xususiy va davlat kapitali ishtirokidagi banklar bilan tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Loyihani OTBning yuqori malakali xalqaro va mintaqaviy ekspertlardan iborat jamoasi boshqaradi. Ular yordamida “Biznesni rivojlantirish banki”da kichik va o‘rta biznes uchun zamonaviy va kompleks operatsion model yaratiladi. Bu, o‘z navbatida, mijozlarga xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga hamda bankning mikro, kichik va o‘rta biznes segmentini moliyalashtirish imkoniyatlarini va bozordagi mavqeini oshirishga ko‘maklashadi.

 

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

Ikki fuqaro narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rt yildan beri kamaymoqda.

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

U to‘rt nafar fuqaroni Polshaga mavsumiy ishga yuborish evaziga pul talab qilgan.

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘onaga pasaydi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.