O'zbekiston

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘onaga pasaydi.

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

 

O‘zbekiston Henley & Partners xalqaro konsalting kompaniyasi tuzadigan dunyo pasportlari reytingida 106 ta davlat orasida 82-o‘rinni egalladi.

 

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston ushbu reytingda 73-o‘rinda qayd etilgan edi. Shunday qilib, mamlakatning reytingdagi o‘rni to‘qqiz pog‘onaga pasaygan. 2025-yil yakunlariga ko‘ra esa O‘zbekiston 79-o‘rinda bo‘lgan.

 

Reytingning joriy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Burkina-Faso va Togo bilan bir xil — 82-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlatga vizasiz yoki borilgan mamlakatda viza rasmiylashtirish orqali kirishi mumkin.

 

Reytingda Singapur birinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning fuqarolari 193 ta davlat va hududga vizasiz safar qilish imkoniyatiga ega. Afg‘oniston esa pasport egalari 22 ta davlatga vizasiz borishi mumkin bo‘lgan holda reytingning oxirgi pog‘onasida qayd etilgan.

 

Henley Passport Index mamlakatlar pasportlarining xalqaro safarlar uchun beradigan imkoniyatlarini, jumladan, vizasiz kirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar sonini hisobga olgan holda tuziladi.

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

Ikki fuqaro narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rt yildan beri kamaymoqda.

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

U to‘rt nafar fuqaroni Polshaga mavsumiy ishga yuborish evaziga pul talab qilgan.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.