Toshkentda 2 ta narkolaboratoriya fosh etildi
Laboratoriyada 7,5 mlrd so‘mlik mahsulot aniqlangan.

Bojxona qo‘mitasi xodimlari Yunusobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ishlab chiqaruvchi 2 ta noqonuniy laboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi.
Ushbu laboratoriyalar joylashgan uylarda o‘tkazilgan tintuvlar davomida umumiy qiymati 7,5 mlrd so‘mlik 55,6 kg taqiqlangan dori vositalari musodara qilindi. Ularning orasida “Tropikamid”, “Regapen” dorilari bor.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







