O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

Prezidentni Qozog‘iston Bosh vaziri kuzatib qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini o‘tkazdilar. Ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilindi. Qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlatimiz rahbariga O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stligini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun o‘z mamlakatining oliy davlat mukofoti - "Oltin Qiron" ordenini tantanali ravishda topshirdi.

 

Yetakchilar Qozog‘iston poytaxtida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali ochilishida ishtirok etdilar.

 

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi va mintaqaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

 

Shavkat Mirziyoyevga mintaqada do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Sammit doirasida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda ikki tomonlama do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi | Zamon.uz