Lifestyle

Koinotda yashashga yaroqli sayyora topildi

Unda hayot belgilari borligi taxmin qilinmoqda.

Koinotda yashashga yaroqli sayyora topildi

Astronomlar Quyosh tizimidan tashqarida Yerdan 40 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan sayyorani topdi. “Gliyese 12 B” deb nomlangan bu planeta Yer bilan bir xil harorat o‘lchamlariga ega.

 

“Gliyese 12 B” yulduzida past faollik bilan boshqa o‘lik sayyoralardan ajralib turadi, bu esa kashf etilgan sayyorada hayot mavjudligini anglatadi.

 

Sayyoradagi o‘rtacha harorat taxminan 40 daraja Selsiy deb taxmin qilinmoqda. Olimlar hayotning mavjudligini aniqlash uchun atmosfera tarkibi va sirt sharoitlarini aniqlashtirish maqsadida ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

 

O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, atmosferada kislorod, suv, metan va karbonat angidrid kabi tarkibiy qismlarning mavjudligi biologik faollikni ko‘rsatishi mumkin.

 

Aziza ISROILOVA tayyorladi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Koinotda yashashga yaroqli sayyora topildi