Yana ikki bokschi Olimpiada chempioni bo‘ldi
Shu tariqa oltin medallar soni 5 taga yetdi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi. Murosasiz ruhda o‘tgan final jangida yurtdoshimiz meksikalik Marko Alvaresni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Farg‘ona boksining yana bir yorqin vakili Lazizbek Mullojonov O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. -92 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin delegatsiya medallari hozircha 5 ta oltin va 3 ta bronzaga yetdi.







