O'zbekiston

Prezident sunʼiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Taqdimotda avvalo sunʼiy intellekt bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish kerakligi qayd etildi.

Prezident sunʼiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 avgust kuni sunʼiy intellekt va IT sohasidagi startap loyihalarni rivojlantirish chora-tadbirlariga doir taqdimot bilan tanishdi.

 

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari jadal rivojlantirilib, barcha sohalarda tatbiq etilmoqda. Bularning natijasida shu yilning o‘tgan davrida raqamli xizmatlar hajmi 21 trillion so‘mdan oshdi, yil yakuni bilan 43 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda. Sohada 367 million dollarlik xizmatlar eksport qilindi. IT-park rezidentlari 577 taga ko‘payib, 2 mingtadan oshdi. Ularda ishlayotgan yoshlar soni esa 32 mingtaga yetdi.

 

Bu yil sog‘liqni saqlash, energetika, transport, taʼlim, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish kabi sohalarda 100 dan ortiq raqamlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

Zamon shiddat bilan o‘zgarayapti. Jahonda har bir sohaga sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar kirib kelayapti. Bu borada yurtimizda ham qator loyihalar boshlangan.

 

Misol uchun, “MyID” va “UzFace” dasturlari 70 dan ortiq tashkilot, bank, elektron savdo maydonchalari va to‘lov tizimlarida joriy qilinib, 10 million foydalanuvchini masofaviy biometrik identifikatsiya qilish imkoniyati yaratildi. “O‘zbekkosmos” sunʼiy intellektni qo‘llab, 43 mingga yaqin yer qaʼridan noqonuniy foydalanish va ruxsatsiz qurilish holatlarini aniqladi.

 

Taqdimotda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, bank, soliq, bojxona kabi sohalarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

 

Avvalo, sunʼiy intellekt bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish kerakligi qayd etildi. Sunʼiy intellektni joriy etish strategiyasi va ikki yillik loyihalar dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Sunʼiy intellekt texnologiyalari markazini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Xususan, bank-moliya sohasida sunʼiy intellektni qo‘llashni kengaytirish, bu bo‘yicha kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Bugungi kunda 4 ta universitetda sunʼiy intellekt bo‘yicha kadrlar tayyorlanayapti. Hozirda katta maʼlumotlarni qayta ishlash va til modellari bo‘yicha 600 nafar mutaxassisga talab bor. Bu kelgusi yillarda karrasiga oshadi. Shuni inobatga olib, sohalar kesimida talabga mos mutaxassislar tayyorlash muhimligi aytildi.

 

Dunyoning barcha ilg‘or IT kompaniyalari o‘z faoliyatini startapdan boshlagan. Bizda ham bu borada birinchi qadamlar tashlanayapti. O‘tgan yili bunday loyihalar uchun jalb qilingan venchur investitsiyalar hajmi 134 million dollarni tashkil qilgan.

 

Davlatimiz rahbari startap loyihalarni moliyalashtirish uchun venchur investitsiyalarga keng sharoit yaratish vaqti kelganini taʼkidladi. Shu bois startap ekotizimini rivojlantirish, venchurli moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

Ushrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

Jabrlanuvchi voyaga yetmaganligi sababli sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi.