“Videodagi holat Bo‘stonliqdagi oromgohda sodir bo‘lgan”
“Samosud” qilingan bola yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berildi.

IIBB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, holat joriy yilning 5 avgust kuni Bo‘stonliq tumani Qizil-suv mahallasida joylashgan Mehribonlik uyi oromgohida, Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar tarbiyalanuvchilar o‘zaro janjallashgan va ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi video tasvirga olib, IJtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Hozirda holat yuzasidan hududiy ichki ishlar boshqarmasi xodimalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







