Fuqaro tanasiga dori yashirib, chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘ldi
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan kirib kelayotgan fuqaro hatti harakatlari bojxona xodimlarining eʼtiborini tortgan.
O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan 650 dona “Aktovegin” nomli dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.







