Professional taʼlim muassasalariga tanlov boshlanadi
Buning uchun 10 kunlik muddat berildi.

Oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024 yil 18 avgustdan 27 avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional taʼlim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda taʼlim shaklini tanlashlari lozim.
Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.







