Ukrainada tibbiy nasha qonuniylashtirildi
Zelenskiy bu bo‘yicha qonunni imzoladi.

Ukrainada tibbiy nashani qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun 2024-yil 16-avgustdan kuchga kirdi. Bu haqda parlament saytida eʼlon qilindi.
Tibbiy nasha navlari politsiya kirishi mumkin bo‘lgan issiqxonalarda yetishtiriladi. Qonun har bir o‘simlik, qayta ishlangan mahsulot partiyasi, qadoqlangan mahsulot birligi va nasha asosidagi dorivor mahsulotning o‘rami noyob elektron identifikator bilan belgilanishini nazarda tutadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatida ochiq maydonlarda nashaning sanoat navlarini yetishtirish davom ettiriladi. Shu bilan birga, kichik maydonlarda nasha yetishtiruvchi fermerlar litsenziya olish majburiyatidan ozod etilgan. Ishlab chiqaruvchi faqat ekin maydonini eʼlon qilishi kerak.







