Sirdaryodagi bog‘chada 2 yoshli bola vafot etdi
Holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

7 avgust kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi bog‘chalarning birida 2022 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi to‘satdan vafot etdi.
Sudga oid tibbiy ekspertizada bolaning o‘limiga nafas yo‘llarining ovqat massasi bilan berkilishi natijasidagi mexanik asfiksiya sabab bo‘lganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Voqea sodir bo‘lgan oilaviy nodavlat bog‘cha 2023 yilda ish faoliyatini boshlagan, qamrovi 25 nafar.







