O'zbekiston

Ekilgan sochlar umrbod to‘kilmaydimi?!

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Ekilgan sochlar umrbod to‘kilmaydimi?!

Bugungi kunda soch to‘kilishi — turli yoshdagi insonlarni qiynayotgan jiddiy muammo. Maʼlumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda ayollarning 75 foizi, erkaklarning 50 foizi aynan shu kasallikdan aziyat chekmoqda. Natijada soch ekish — eng talabgir tibbiy xizmat turlaridan biriga aylandi. Xo‘sh, sochlar to‘kilishining asosiy sabablari nima? Ushbu amaliyotning necha turi bor? Ekilgan tolalar umrbod to‘kilmaydimi?

 

Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori, trixolog Minnura Qodirova javob berdi.

 

— Odatda soch to‘kilishi muntazam davom etuvchi holat hisoblanadi, — deydi mutaxassis. — Yaʼni meʼyor bo‘yicha bir kunda o‘rtacha 80-100 tagacha tola to‘kilishi mumkin. Agar bu holat tezlashib, yangi tolalar o‘sib chiqishi kamaysa, albatta, xavotirlanish lozim.

 

Soch to‘kilishiga olib keluvchi omillar juda ko‘p. Eng avvalo, bu irsiyat bilan bog‘liq. Yaʼni ota-onalardan birida bunday muammo bo‘lsa, u farzandga ham o‘tish ehtimoli yuqori.

 

Qolaversa, baʼzida soch o‘choqli, yaʼni tanga-tanga bo‘lib to‘kilishi yoki umumiy siyraklashishi mumkin. Ayrim erkaklarda esa androgen alopetsiya (tepakallik) uchraydi. Bunday kasallik gormonlar faoliyati buzilishi hamda irsiyat bilan bog‘liq.

 

Tangali soch to‘kilishi yondosh kasalliklar hisobiga yuz berishi, gemoglobin kamayganda, homiladorlikda, narkoz olishda va asabiylashganda kuzatiladi.

 

Surunkali infeksiyalar, sil, o‘sma kasalliklari, nurlanish, stress, kasb bilan bog‘liq noqulay sharoitlar, noto‘g‘ri parvarish, vitamin va boshqa muhim moddalarning yetishmasligi, ayrim dorilarni qabul qilish hamda oshqozon-ichak traktining patologiyalari ham ushbu muammoni yuzaga chiqaradi. Tabiiyki, bunday holatlarda ko‘pchilik insonlar soch ekish amaliyotiga murojaat qiladi.

 

Ushbu davolash turining ikki xil — jarrohlik va FUE usuli mavjud. Birinchi usulda soch teri bilan kesib olinib, graftlar bitta-bitta tola ildizlarga ajratiladi va alohida joylashtiriladi.

 

FUE — bu choksiz, kesmagan holda transplantantlarni olish va kiritishning mikrojarrohlik usuli bo‘lib, bugungi kunda mana shu davolash turi keng qo‘llanilmoqda. Unda 1-4 toladan iborat soch guruhlari bemorning ensa sohasidan yoki tananing boshqa qismlaridan olinadi.

 

Agar ushbu amaliyotdan keyin shifokorlarning tavsiyalariga to‘liq amal qilinsa va davolanishning boshlang‘ich muddatidan yaxshi o‘tib olinsa, ko‘p hollarda ekilgan tolalar qayta to‘kilmaydi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Ekilgan sochlar umrbod to‘kilmaydimi?! | Zamon.uz