Surxondaryoda piyodani urib yuborgan haydovchi 6 yilga qamaldi
Baxtsiz hodisaga yuqori tezlik sabab bo‘lgandi.

Surxondaryo viloyatida katta tezlik bilan kelib, piyodani urib yuborgan haydovchi 6 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 iyun kuni Surxondaryo viloyatida haydovchi tezlikni nazorat qilib bo‘lmas darajada oshirgan. Oqibatda 1 kishi jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Holat yuzasidan to‘plangan ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
Haydovchiga nisbatan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.







