“Ushbu raqamlarning birortasi 33 yillik tariximizda bo‘lmagan”
Prezident tadbirkorlar bilan muloqotda mamlakatda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar haqida gapirdi.

“Hali imkoniyatlarimiz bundan karra-karra ko‘p. Eng muhimi, ularni ishga solishga qodir bo‘lgan sizdek vatanparvar va jonkuyar tadbirkorlarimiz bor. Aholimiz 38 millionga yaqinlashib boryapti, ularning daromadi ham kundan-kunga ko‘paymoqda.
Qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz misli ko‘rilmagan darajaga chiqdi. Mamlakatimiz mahalliy korxonalar uchun ham, chet el kompaniyalari uchun ham katta bozorga, mintaqadagi sanoat xabiga aylanib ulgurdi”, - dedi Prezident.
Hozirgi murakkab sharoitda barcha davlatlar o‘z yurtidagi ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishni ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rayotgani taʼkidlandi. O‘zbekiston ham raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirkorlarni yana-da keng qo‘llab-quvvatlaydi.







