O'zbekiston

Farg‘onada o‘g‘il onasining barmoqlarini kesib tashladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Farg‘onada o‘g‘il onasining barmoqlarini kesib tashladi

Joriy yil 30 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Toshloq tuman sudida onasining barmoqlarini tok qaychi bilan kesib tashlagan ayblanuvchi N.I.ga oid sud ishi ko‘rib chiqildi.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 7 iyun kuni N.I. soat 08:00 atrofida o‘zi yashab kelayotgan Toshloq tumanidagi uyida onasi R.I. bilan o‘zaro o‘rtalarida yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida janjallashib ketgan. Janjal davomida o‘g‘il onasini xonadonida mavjud bo‘lgan sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyo tok qaychi bilan ikkala qo‘llari 1,5 barmoqlarini barmoq kaft bo‘g‘imlari asosiy falangasidan o‘ta shafqatsizlik bilan kesib tashlab, hodisa joyidan ketib yuborgan.

 

Dastlabki tergov organi tomonidan N.I.ning harakatlari JKning 104-moddasi 2-qismining “v,l” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash haqidagi qaror asosida sudga yuborilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, JKning 104-moddasi 2-qismining “v,l” bandi bilan N.I.ni ayblashga oid jinoyat ishi, uning ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib tugatildi.

 

Sudlanuvchiga ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanish uchun tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanildi va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tibbiy yo‘sinda majburiy tartibda davolanishi uchun yuborildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘onada o‘g‘il onasining barmoqlarini kesib tashladi | Zamon.uz