"Open budget"ning joriy yilgi 2-mavsumiga start berildi
Ovoz berish jarayonlari 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Tashabbusli budjet"ning 2024 yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlanganini maʼlum qildi.
Fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:
➖ "Ochiq budjet" portalining veb-sahifasi;
➖ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
➖ Telegram‘ dagi rasmiy bot yordamida ovoz berishi mumkin.







