Eng og‘ir baqlajon Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
Uning og‘irligi 3,5 kilodan ortiqni tashkil etadi.

Deyv Bennet tomonidan yetishtirilgan “Solanum melongena” navli baqlajonning og‘irligi 3,778 kg ni tashkil qiladi.
Ushbu sabzavot urug‘i aprel oyida yerga ekilgan va 31 iyul kuni polizdan uzilgan. Uning aylanasi 71,12 sm, balandligi esa 35,56 sm ni tashkil etadi.
Bog‘dorchilik Bannetning sevimli mashg‘ulotiga aylanib ulgurgan. U 4 yildan beri ulkan baqlajonlar yetishtiradi. Bundan oldin 2,5 kg hosil olgandi, shundan so‘ng uning urug‘idan foydalanib, 3 kliloyu 7 gramm bo‘lgan sabzavot yetishtirdi.
Maʼlumot uchun, do‘konda sotiladigan odatiy baqlajonlarning o‘rtacha og‘irligi 300-400 gramm atrofida bo‘ladi. Rekordchi yetishtirgan hosil esa bulardan 10 baravar kattaroq.







