Olimpiada chempion va sovrindorlari mukofotlandi
Bundan tashqari, murabbiylar ham mukofotlar bilan taqdirlandi.

Ikki karra Olimpiada chempionlari Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Ulug‘bek Rashitov “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.
Diyora Keldiyorova, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Xaloqov va Razambek Jamalov “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
Gulomjon Abdullayev, Akbar Jo‘rayev, Svetlana Osipova va Alisher Yusupovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi.
Bundan tashqari, qator murabbiylar ham mukofotlandi.







