Britaniyada o‘pka saratoniga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda
Vaksina 67 yoshli bemorda sinab ko‘rildi.

Buyuk Britaniyada BioNTech tomonidan yaratilgan o‘pka saratoniga qarshi BNT116 RNK vaksinasini sinovdan o‘tkazish boshlandi.
67 yoshli bemor mamlakatda o‘pka saratonini davolashga yondashuvni tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi terapiyani sinab ko‘rgan birinchi bemoriga aylandi.
Individual vaksina bemorning immun tizimini saraton hujayralarini yo‘q qilish orqali kasallik bilan kurashishga o‘rgatadi. Vaksina prinsipi birinchi marta AQSHda Covid-19 pandemiyasi paytida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan RNK texnologiyasiga asoslangan.
O‘pka saratoni butun dunyo bo‘ylab onkologiyaning eng halokatli shakli bo‘lib qolmoqda. 2020 yilda u 1,8 mln kishining hayotiga zomin bo‘lgan.







