Lifestyle

Marokashda dunyodagi eng katta stadion quriladi

U 2030 yilgi chempionatgacha barpo etiladi.

Marokashda dunyodagi eng katta stadion quriladi

Marokashda 2030 yilgi jahon chempionati uchun dunyodagi eng katta futbol stadioni quriladi.

 

Majmua 100 gektar maydonni egallaydi va 115 ming kishini sig‘dira oladi, uning ajralib turadigan tomoni anʼanaviy Marokash chodirlari uslubidagi tom bo‘ladi. Loyiha qiymati taxminan — 455 million dollar.

 

Maʼlumot uchun, hozirda Shimoliy Koreyadagi “Birinchi May” stadioni eng kattasi hisoblanadi. 1989 yilda ochilganida 150 000 tomoshabinga mo‘ljallangan edi, ammo 2010 yillarda rekonstruksiyadan so‘ng o‘rindiqlar soni 114 mingtagacha qisqargan.

 

Marokashda dunyodagi eng katta stadion quriladi | Zamon.uz