“Axborot maydonidagi hamkorligimiz mustahkamlanib boryapti”
CNN telekanali tijoriy direktori Samarqanddagi kongress haqida fikr bildirdi.

“Telekanalimiz global axborot maydonida o‘z nufuziga ega. Kuzatuvchilarimizning esa yurtingiz tarixi, boy merosiga nisbatan qiziqishi baland. Ayniqsa, Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy kabi allomalar o‘tmishi doim qiziq bo‘lgan.
Bizning global axborot maydonidagi hamkorligimiz kundan kunga mustahkamlanib boryapti. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yo‘llangan tabrik esa ana shu hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqadi”, degan kongress axborot hamkori Imran Ahmad.







