“Kongressda ishtirok etish men uchun katta sharaf”
WOSCU kengashi aʼzosi Samarqandda o‘tayotgan Kongress haqida fikr bildirdi.

“Mazkur kongressda ishtirok etish men uchun katta sharaf. Islom sivilizatsiyasi markazi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining yarmiga erishdi, deb hisoblayman. Muhtasham bino deyarli qurib bitkazilgan. Endi esa uning kontentini boyitish haqida so‘z bormoqda.
Bunda O‘zbekiston dunyo olimlarining kuchini birlashtirishni maqbul yechim sifatida topdi. Shu bois ham dunyo olimlari Samarqandda kengashib turibdi va bu juda ajoyib”, degan doktor Sali Shahsivari.







