O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro tashkilotlar bilan memorandumlar imzoladi

“Imzolangan memorandumlar yangi  kashfiyotlar uchun xizmat qilishiga ishonaman”, dedi markaz direktori Firdavs Abduxalikov.

Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro tashkilotlar bilan memorandumlar imzoladi

“Buyuk ajdodlar merosi – III Uyg‘onish davri poydevori” VIII xalqaro Kongressi doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qator xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan memorandumlar imzoladi. 


Xususan, “Al-Furqon” Islom merosi fondi menedjeri, WOSCU kengashi aʼzosi, doktor Sali Shahsivari, Rossiya islom instituti rektori, Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Damir Muxetdinov, Fransiyaning Arab dunyosi instituti ko‘rgazmalar direktori Natali Bondil, Qohira Islom sanʼati muzeyi direktori dr.Ahmed Seyam, Korfu Osiyo sanʼati muzeyi direktori Despina Zernioti, Islom tadqiqotlar markazi rahbari dr.Murtaza Bedir, Qozog‘iston tarix va etnologiya instituti rektori Ziyabek Kabuldinov bilan imzolangan memorandum kelgusidagi hamkorlikning asosi bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir.

 

“Ushbu imzolangan memorandumlar do‘stona aloqalar, hamkorlikdagi ilmiy izlanishlar, yangi  kashfiyotlar uchun xizmat qilishiga ishonaman. Shuningdek, bu hujjat Yangi O‘zbekistonda, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan  O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir”, – dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxalikov.

 

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Georama” nashriyoti asoschisi va “Euronews” muxbiri O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolari bo‘ldi.

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Ularda tug‘ilgan kun marosimidan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan so‘ng zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

Ikki fuqaro narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rt yildan beri kamaymoqda.

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

U to‘rt nafar fuqaroni Polshaga mavsumiy ishga yuborish evaziga pul talab qilgan.

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘onaga pasaydi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.