O'zbekiston

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Georama” nashriyoti asoschisi va “Euronews” muxbiri O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolari bo‘ldi.

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

 

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasining Fransiyaga safari doirasida Parijda tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labushga “Oltin qalam” milliy mukofoti topshirildi.

 

Tadbirda jamoatchilik va ekspert doiralari vakillari, vatandoshlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

 

Marosimda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov mamlakatda so‘z erkinligi va ochiqlikni ta’minlash, jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning natijalari haqida so‘z yuritdi.

 

Shuningdek, “Oltin qalam” milliy mukofoti doirasida “Xorijlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali” nominatsiyasining mavjudligi xorijiy ommaviy axborot vositalarida mamlakat haqida tayyorlanayotgan materiallar ko‘payishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

 

Didye Labush xalqaro e’tirofdan mamnunligini bildirib, kelgusida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yanada kengroq yoritishga intilishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatning yutuqlari jurnalistlarni ular haqida yozishga undaydi.

 

“Oltin qalam” men uchun shunchaki e’tirof emas. Bunday nufuzli mukofotni qo‘lga kiritish menga ilhom va faxr bag‘ishlaydi”, — deydi u.

 

Marosim yakunida Didye Labush va “Euronews” telekanali muxbiri Galina Polyanskayaga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolik guvohnomalari ham topshirildi.

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadini bildirdi.

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Ularda tug‘ilgan kun marosimidan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan so‘ng zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

Ikki fuqaro narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rt yildan beri kamaymoqda.

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

U to‘rt nafar fuqaroni Polshaga mavsumiy ishga yuborish evaziga pul talab qilgan.

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘onaga pasaydi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.