O'zbekiston

Endi himoya orderlari onlayn tarzda beriladi

Bu bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi.

Endi himoya orderlari onlayn tarzda beriladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutiladi:

 

  • tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga YAIDXP orqali himoya orderi berish;
  • orderni elektron shaklda berish;
  • himoya orderini berish jarayonini avtomatlashtirish;
  • profilaktika inspektori tomonidan himoya orderini tashabbus tartibida berish.

 

Himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq, zo‘ravonlik holati yoki ularning yuzaga kelish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida beriladi.

 

YAIDXP orqali himoya orderini rasmiylashtirish va berish bepul amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, 1 dekabrdan boshlab tazyiq va zo‘ravonlik holatlari aniqlanganda bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marotaba himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan uning tashabbusi bilan beriladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Endi himoya orderlari onlayn tarzda beriladi | Zamon.uz