O'zbekiston

“Sizlar erishgan yorqin g‘alabalar Mustaqillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi”

Prezident olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat mukofotlarini topshirdi.

“Sizlar erishgan yorqin g‘alabalar Mustaqillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi”

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi.

 

Tadbirda Milliy Olimpiya qo‘mitasi va sport federatsiyalari rahbarlari, murabbiylar, sportchilarning ota-onalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham qatnashdi.

 

Maʼlumki, ushbu Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda 200 dan ziyod davlatdan 11 ming nafarga yaqin eng kuchli atletlar qatnashdi. O‘zbekiston 19 ta sport turi bo‘yicha 90 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Bu nufuzli musobaqa biz uchun tom maʼnoda rekordlar, mislsiz yutuqlarga boy bo‘ldi.

 

Davlatimiz rahbari sportchilarni ushbu ulkan tarixiy g‘alaba bilan tabriklab, nutq so‘zladi.

 

– Sizlar g‘oyat keskin bellashuvlarda yuksak jasorat va matonat ko‘rsatib, 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritganingiz mamlakatimizning taraqqiyot borasidagi yuksak salohiyatini ifoda etadigan yorqin natijadir. Bu tarixiy g‘alaba Yangi O‘zbekiston yoshlari qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir marta amalda namoyish etdi. Mamlakatimiz ishtirokchi davlatlar orasida umumjamoa hisobida 13-o‘rinni, Osiyo qitʼasida 4-o‘rinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. Barchamizni quvontirgan bu natijalar O‘zbekiston tarixida ilgari hech qachon bo‘lmagan yutuqlardir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Buning uchun sportchi va murabbiylarga barcha sharoitlar yaratildi. Sportchilarni tayyorlashga yondashuv o‘zgartirilib, izlanish va eʼtibor kuchaydi. 2021 yil avgustda bo‘lib o‘tgan shunday uchrashuvda kelgusi Olimpiadada kuchli o‘n beshta davlat qatoriga kirish maqsad qilib qo‘yilgan edi. Bu sharaf bilan uddalanib, mamlakatimiz dunyoda 13-o‘rinni egalladi.

 

Britaniyaning “Financial Times” nashrida yozilishicha, Olimpiya medallari, mamlakatning sport olamida erishayotgan yutuqlari davlatning umumiy rivojlanish va insoniy taraqqiyot darajasini bildiradi.

 

Haqiqatan ham, Olimpiada o‘yinlaridagi har bir natijaning o‘rni, mohiyati va ahamiyati beqiyosdir. Chunki to‘rt yilda bir marta o‘tadigan bu yirik xalqaro musobaqada zo‘rlarning zo‘ri qatnashadi, u mamlakatning sport sohasiga eʼtibori, xalqning jismoniy va maʼnaviy salohiyatini namoyon etadi.

 

Musobqada ilk oltin medalni Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdi. Bu ham dzyudo bo‘yicha, ham ayollar o‘rtasida yurtimizning Olimpiadadagi birinchi oltin medali bo‘lib tarixga kirdi.

 

Yana bir jasur qiz – Svetlana Osipova esa taekvondo bo‘yicha birinchi kumush medalni egallab, ayollar sporti tarixida yangi sahifa ochdi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Sizlar erishgan yorqin g‘alabalar Mustaqillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi” | Zamon.uz