Salomatlik

Soch ektirishda donor sochidan foydalanish mumkinmi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Soch ektirishda donor sochidan foydalanish mumkinmi?

Soch — insonning yarim husni. Uning ortiqcha to‘kilishi esa ko‘pchilikda psixologik muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bois bugun bu holatning oldini olish uchun zamonaviy tibbiyot bemorlarga soch ekish amaliyotini taklif etmoqda.

 

Xo‘sh, bunda nimalarga eʼtibor berish kerak? Ushbu muolaja o‘tkazilgan insonlar nimalardan ehtiyot bo‘lishlari lozim? Kimlarda bu amaliyotni amalga oshirish mumkin emas?

 

— Avvallari soch to‘kilishi asosan 40 yoshdan keyin kuzatilgan bo‘lsa, Hozirga kelib, bu holat yoshlar o‘rtasida ham ko‘p uchramoqda, — deydi mutaxassis. — Hatto, mijozlar orasida 20 yoshgacha bo‘lgan yigitlarni ham uchratish mumkin.

 

Soch ektirish uchun, eng avvalo, tajribali mutaxassisga murojaat qilish lozim. Chunki ushbu amaliyot juda nozik hisoblanadi. Malakali mutaxassis esa sizga bu borada zarur tavsiyalarni bera oladi.

 

Mazkur muolaja o‘tkazilgan mijozlar 7-10 kun davomida jismoniy va asabiy zo‘riqishlardan tiyilishi kerak. Shuningdek, soch teriga o‘rnashib, yaxshi joylashib olguniga qadar sport zallariga chiqish, og‘ir mashg‘ulotlarni bajarish mumkin emas.

 

Sochni yuvish masalasiga kelsak, ortiqcha kimyoviy moddalar qo‘shilmagan bolalar shampunidan foydalanish tavsiya etiladi. Faqat amaliyotdan bir oy o‘tgandan so‘ng, sochlarni istalgan shampunda yuvish mumkin.

 

Shuni aytish kerakki, soch boshqa organizmda umuman rivojlanmaydi. Shu bois bemorning eng yaqin insonlari ham unga donor bo‘la olmaydi. Agar mijozning donorlik qismida tolalar siyrak bo‘lsa, soqol va ko‘krak qafasi sohasidan tuk olib o‘tkaziladi.

 

Mazkur amaliyotni bajarishga qarshi bir qancha ko‘rsatmalar mavjud. Misol uchun, qon ivish tizimidagi kasalliklar, allergik reaksiyalar hamda qandli diabetning xavfli turlarida soch ekib bo‘lmaydi. Qolaversa, 15 yoshdan kichik bolalarda ham bu muolajani o‘tkazish tavsiya etilmaydi.

 

Soch to‘kilmasligi uchun bir qancha salbiy omillar – nurlanish, nerv tolalari zararlanishi, mikroelementlar yetishmovchiligi hamda vitaminlar tanqisligidan saqlanish lozim.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Soch ektirishda donor sochidan foydalanish mumkinmi? | Zamon.uz