Toshkentda “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tadi
U sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahrida 9-14–sentyabr kunlari “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqida shahar hokimligi maʼlum qildi.
“Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va anʼanalari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etish va targ‘ib qilishdan iborat”, deyiladi xabarda.







