Diyora Keldiyorova “katta leytenant” bo‘ldi
Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlariga harbiy unvonlar topshirildi.

Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlariga Mudofaa vazirligining harbiy unvonlari topshirildi.
Xususan:
— Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi, leytenant Diyora Keldiyorova muddatidan oldin navbatdagi “katta leytenant” harbiy unvoni va “To‘maris” ko‘krak nishoni bilan;
— Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi, kichik serjant Ulug‘bek Rashitov boshlang‘ich ofitserlik “leytenant” harbiy unvoni bilan;
— Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi sportchisi, kichik serjant Svetlana Osipovaga boshlang‘ich ofitserlik “leytenant” harbiy unvoni va “To‘maris” ko‘krak nishoni bilan;
— Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi sportchisi – oddiy askar Turdibekova Sitora Shavkat qizi “To‘maris” ko‘krak nishoni bilan;
— Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi o‘qituvchi treneri – Qurolli Kuchlar xizmatchisi Xan Pavel Afanasevich ikki xonali uy bilan taqdirlandi.







