O'zbekiston

Farg‘onada aholining 4 mlrd so‘mdan ortiq qarzi bekor qilindi

Ularga yetarli darajada issiqlik yetkazib berilmagan vaqt uchun ham to‘lov talab qilingan.

Farg‘onada aholining 4 mlrd so‘mdan ortiq qarzi bekor qilindi

Raqobat qo‘mitasi Farg‘ona viloyatida aholiga yozilgan 4 mlrd so‘mdan oshiq qarzni bekor qildi. 

 

Qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga tushgan murojaatlar asosida  Farg‘ona viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat boshqarmasi bilan  hamkorlikda maishiy isteʼmolchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hamda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha  o‘rganish ishlari olib borilgan.

 

O‘rganishlarda isitish mavsumi davomida ko‘p qavatli uylarga issiqlik taʼminotini yetkazib beruvchi markaziy tarmoqlarning isitish qozonxonalarida avariya holatlari (taʼminot uzilishi) sodir bo‘lgan vaqtlarda hamda tabiiy gaz bosimi pastligi va boshqa asosli sabablarga ko‘ra, aholi xonadonlariga yetarli darajada issiqlik taʼminoti yetkazib berilmaganligi, shuningdek, taʼminotchi korxona bilan tuzilgan shartnomalarning tegishli bandlariga asosan qayta hisob-kitoblar amalga oshirilganda 6146 nafar isteʼmolchining xonadonlariga 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq noreal debitor qarzdorliklar hisoblanganligi aniqlangan.

 

“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Yuqoridagilarga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha hududiy boshqarma tomonidan mazkur holat yuzasidan viloyat “Icsiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat boshqarmasiga  isteʼmolchilarga hisoblangan 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq asossiz qarzdorlikni bekor qilish yuzasidan ko‘rsatma berilgan. 

 

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

custom img

Jizzaxda kredit qarzi sabab noturar bino xatlandi

Endilikda keyingi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"