Parkentda qadimiy qabr topildi
Hozirda hududda qazishma ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Kumushkon“ mahallasining shimolidagi fermer xo‘jaligiga olib boruvchi yo‘lning qurilishi jarayonida qadimgi davrga oid qabr qoldiqlari aniqlangandi.
Qazishmalar davomida yo‘l ustida yer surish ishlari olib borilayotgan vaqtida hosil bo‘lgan o‘ra aslida yerosti dafn xonasi (katakomba) ekanligi maʼlum bo‘lgan. Mutaxassislar tomonidan bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda bulla (muhr) topilgan.
Hozirgi vaqtda Madaniy meros agentligining moliyaviy ko‘magida hududda Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda.







