Salomatlik

Bolani uy sharoitida davolashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Noto‘g‘ri muolajalar bolada qator asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bolani uy sharoitida davolashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Kuzning salqin kunlari boshlandi. Yog‘ingarchilik mavsumi yaqin. Bu — o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olishi uchun qulay muhit. Ana shu davrda shamollash va gripp singari mavsumiy kasalliklar bolalar o‘rtasida keng tarqaladi.

 

Ammo O‘RVIga chalingan bemor farzandlarni uy sharoitida davolashda shifokor tavsiyasisiz, o‘zboshimchalik bilan amalga oshiriladigan noto‘g‘ri muolajalar qator asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

— Isitmasi yuqori bolaning tomog‘ini yod yoki zelyonka bilan artish ko‘p kuzatiladigan yanglish xatti-harakat, — deydi mutaxassis. — Chunki kichik yoshli bemorning nafas yo‘li shilliq qavati juda nozik, qolaversa, virusdan yallig‘langan va shishgan bo‘ladi.

 

Agar yuqorida aytilgan surtmalar bilan ishlov berilsa, shilliq qavat jarohatlanib, shish kattalashib, laringit yuzaga kelishi va boshqa asoratlar kuzatilishi xavfi bor.

 

Tana harorati 38,5 darajadan ko‘tarilganda, paratsetamol yoki ibuprofen berish tavsiya etiladi. Ammo baʼzi ota-onalar tibbiyotdan yaxshi xabardor bo‘lmagan tanishi, qo‘shnisini chaqirib, analgin, dimedrol, novokain qo‘shib mazkur aralashmani isitma tushirishda qo‘llashadi.

 

Bu mutlaqo mumkin emas. Analgin qonni suyultirib yuboradi. Dimedrol esa bolada yo‘tal paydo bo‘lgan, bronxlari torayib qolgan paytda asoratlarni yana-da kuchaytiradi.

 

Bundan tashqari, allergik yo‘tal, astma, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish mumkin emas. Chunki tutun kichkintoy organlari spazmini ko‘paytirib, yo‘talni yana-da kuchaytirishi ehtimoli mavjud.

 

Tana harorati ko‘tarilgan bolani qalin kiyintirish, ko‘rpa-adyollar o‘rab-chirmab tashlash ham noto‘g‘ri. Negaki, bu xatti-harakat organizmning isitmadan xalos bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

 

Shamollash chog‘ida bolaning ishtahasi pasayishi mumkin. Bu — organizmning tabiiy reaksiyasi. Ammo baʼzi ota-onalar shunday paytda farzandini ko‘p miqdorda ovqat yeyish yoki ichimlik ichishga majburlaydi. Ushbu holat kichintoyning o‘zini yomon his qilishi yoxud hazm qilish jarayoni buzilishiga olib kelishi mumkin.

 

O‘RVI yoki gripp tashxisi qo‘yilgan bolani havo aylanmaydigan va nam xonada saqlash ham yaramaydi. Bunday sharoitda viruslar ko‘payishi osonlashadi va bemorning nafas olishi qiyinlashadi.

 

O‘z navbatida, tumov belgilari kuzatila boshlasa, o‘zboshimchalik bilan o‘g‘il-qizlarga antibiotiklar berish ham katta xato. Sababi, bunday preparatlar virusli xastaliklarda yordam bermaydi. Aksincha, aks taʼsir ko‘rsatadi.

 

Shamollash chog‘ida va tana harorati ko‘tarilganda ko‘p suyuqlik ichish kasallikni tezroq yengishga yordam beradi.

 

Agar bolada pnevmoniyaning ilk belgilari kuzatilsa, shifoxonada davolanish tavsiya etiladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Bolani uy sharoitida davolashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar | Zamon.uz