Shahzoda Muhammedova O‘zbekistondan ko‘chib ketdi
Bunga Toshkentdagi bog‘chada qizi bilan yuz bergan voqea sabab bo‘lgan.

Aktrisa qizi Milananing salomatligini tiklash uchun bir muddat Dubaydagi uyida yashashini maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i farzandining ahvoli yaxshilanguniga qadar Dubayda bo‘lishini aytgan.
“Xullas, bizda shunday holat. Qizim asabiy va yig‘loqi bo‘lib qoldi”, deydi aktrisa.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahzoda Muhammedova bog‘cha tarbiyachilarining beparvoligi sabab qizi Milenaning qo‘li sinib, jarohat olganini aytgandi.







