Lifestyle

Bugun yangi iPhone taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Rasmiy taqdimot 22:00 da boshlanadi.

Bugun yangi iPhone taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun, 9-sentyabr kuni Apple kompaniyasi yangi iPhone 16 smartfonini rasman taqdim etadi.

 

“It‘s Glowtime” deb nomlangan tadbir Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Taqdimotni kompaniya sayti va YouTube‘da kuzatish mumkin.

 

Hozirgacha ochiqlangan maʼlumotlarga ko‘ra, iPhone 16, Plus, Pro va Pro Max versiyalari oldingilariga qaraganda 20-25 foiz kuchliroq bo‘ladi;

 

Shuningdek, taqdimotda faol shovqinni kamaytirish va yaxshilangan ovozga ega ikkita yangi AirPods modeli namoyish qilinadi.

Bugun yangi iPhone taqdimoti bo‘lib o‘tadi | Zamon.uz