Rossiya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi
Uning ilk tashrifi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bo‘ldi.

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmon halok bo‘lgan askarlarning xotirasini yodga oldi. Urush dastidan besh nafar o‘g‘lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova xotirasiga o‘rnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.
Shuningdek, O‘zbekistonning urushdagi ishtiroki tarixiga bag‘ishlangan Shon-sharaf muzeyini ko‘zdan kechirib, Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.







