Samarqanddagi ko‘p qavatli uyda chaqnash yuz berdi
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor.

Maʼlumotga ko‘ra, bugun, 9 sentyabr kuni soat taxminan 17:30 larda Samarqand shahri Beruniy ko‘chasida joylashgan 86-uyning 3-qavatidagi xonadonlardan birida chaqnash sodir bo‘lgan.
Chaqnash oqibatida ikki nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgaztaʼminot” va SSB xodimlari chiqishgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







