Salomatlik

Yaqqol belgilarsiz rivojlanadigan uch xavfli kasallik

Ular aksariyat hollarda aniq simptomlarsiz kechadi.

Yaqqol belgilarsiz rivojlanadigan uch xavfli kasallik

Zamonaviy tibbiyotda o‘ta xavfli hisoblangan kasalliklarni ham samarali muolaja qilish yo‘llari topilmoqda. O‘z navbatida, davolash mumkin bo‘lgan xastaliklar oqibatida hayotdan ko‘z yumayotgan yoki umrbod to‘shakka mixlanib qolayotganlar ham bor. Xo‘sh, buning sababi nimada?

 

Rossiyalik shifokor A.Xuxrev xorijiy OAVdagi chiqishida buning keng tarqalgan omillaridan biri haqida to‘xtaldi.

 

Mutaxassis fikricha, baʼzi patologiyalarni dastlabki rivojlanish bosqichida ilg‘ash qiyin. Chunki ular aksariyat hollarda aniq simptomlarsiz kechadi. Saraton, ateroskleroz va jigar kasalliklari shular sirasidan.

 

Masalan, saratonga erta bosqichda aniq tashxis qo‘yish uchun tizimli tibbiy tekshiruvlar talab etiladi. U yaqqol belgilarsiz rivojlanishi mumkin. Xususan, oshqozon osti bezi va yo‘g‘on ichak saratoni xavfli bosqichga o‘tgunga qadar, odatda, birmuncha “sokin” bo‘ladi.

 

Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, xuddi shunday holat aterosklerozga ham tegishli. Negaki, u tegishli “signal”larsiz namoyon bo‘ladi.

 

Jigar xastaliklari alomatlari ham darhol sezilmaydi. Boisi bu organda og‘riq retseptorlari yo‘q.

 

Yuqorida sanalgan kasalliklar ro‘yxatida gipertoniya ham bor. To‘g‘ri, baʼzi bemorlar qon bosimi sal oshgani zahoti o‘zini noxush his qilib, yaqqol belgilarni his qiladi. Ammo ayrimlar arterial bosimi 200 mm simob ustuniga ko‘tarilmaguncha, organizmida hech qanday o‘zgarishni ilg‘amasligi mumkin.

 

Xorijlik vrach o‘z mulohazalari yakunida shunday xulosa qiladi: erta va aniq tashxis orqali xavfli kasalliklarni samarali davolasa bo‘ladi. Buning uchun aholi vakillari har yili chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tib turishi zarur.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Yaqqol belgilarsiz rivojlanadigan uch xavfli kasallik | Zamon.uz