Zangiotada bo‘yoq sexi yonib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan bo‘yoq mahsulotlarini qayta ishlash sexida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ayni vaqtda yong‘in o‘chirish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.







