O'zbekiston

O‘zbekistonga salkam 21 kg narkotik moddani olib o‘tgan shaxslar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonga salkam 21 kg narkotik moddani olib o‘tgan shaxslar ushlandi

Qo‘shni davlatlar orqali O‘zbekistonga olib kelingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi. Bu haqida DXX Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

1995 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1992 va 2005 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, Tojikistondan O‘zbekistonga aylanma yo‘llar orqali 20 kg 749 gr “opiy” moddasini olib o‘tgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Boshqa holatda esa Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirish uchun "Dovut-ota" chegara-bojxona postiga kelgan vaqtida, Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi LADA Largus avtomashinasi DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

 

Tekshirish natijasida unda Moskva shahridan olib kelinayotgan 2 dona ovoz chiqarish kolonkasi ichiga yashirib qo‘yilgan 18 kg 97 gr "mefedron" sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Tergovga qadar tekshiruv davomida, u o‘zining shaxsiy avtomashinasida “O‘zbekiston-Rossiya-O‘zbekiston” yo‘nalishida fuqarolarni tashish bilan shug‘ullanishi maʼlum bo‘ldi.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi 1981 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs va 1995 yilda tug‘ilgan, muqaddam o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangan fuqaro o‘zaro til biriktirib, Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan 56 000 dona "Regapen" kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini yashash xonadonlariga yashirib qo‘yganliklari fosh etilgan.

 

Mazkur xonadonni ko‘zdan kechirish jarayonida qo‘shimcha 6 780 dona "Zardeks" kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi ham maʼlum bo‘lgan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonga salkam 21 kg narkotik moddani olib o‘tgan shaxslar ushlandi | Zamon.uz