Germaniya chegara nazoratini kuchaytirmoqda
Hukumat shu orqali noqonuniy migratsiyani to‘xtatmoqchi.

Germaniya barcha to‘qqiz qo‘shni davlatlar bilan chegarada nazoratni kuchaytirmoqda. Bu choralar bir qator halokatli teraktlardan so‘ng o‘ta o‘ngchi immigratsiyaga qarshi “Germaniya uchun muqobil“ partiyasini qo‘llab-quvvatlash darajasi kuchayib borayotganiga javob bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya kansleri Shols ham “deportatsiyalarni ko‘paytirish“ga vaʼda bergan edi.







