Salomatlik

Shamollaganda qanday mahsulotlar isteʼmol qilish kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Shamollaganda qanday mahsulotlar isteʼmol qilish kerak?

Darddan xalos bo‘lishga nafaqat dori-darmonlar, balki to‘g‘ri ovqatlanish ham yordam berishi, simptomlarni yengillashtirishi va kasallikning davomiyligini qisqartirishi mumkin.

 

To‘g‘ri ovqatlanish va ko‘proq suv ichish immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, shamollash bilan kurashish va tiklanishga yordam beradi.

 

Hech qanday mahsulot shamollash, gripp yoki boshqa kasalliklarni davolay olmaydi. Ammo to‘g‘ri tanlangan mahsulotlar, suv, kofeinsiz o‘tli damlamalar kasallik paytida organizmni tabiiy ravishda qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

 

Shamollaganda:

 

Oddiy shamollash aslida infeksiyalar, burun va tomoq yallig‘lanishiga olib keladigan 200 dan ortiq turli viruslar sabab kelib chiqadi. Uning alomatlari: burun bitishi yoki oqishi, yo‘tal, aksirish, bosh va tomoq og‘rig‘i. Shamollash odatda uch-yetti kun ichida yo‘qoladi, ammo baʼzida ikki haftagacha ham davom etishi mumkin.

 

Shamollaganda ko‘p suv ichish tomoq og‘rig‘ini yumshatadi va immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu xastalikda eng yaxshi ovqatlar: turli sho‘rvalar, S vitaminiga boy mevalar, o‘tli damlamalar, asal, zanjabil. Sink va D vitamini tezroq tiklanishga yordam beradi. Gomeopatik vositalar ham shamollash alomatlarini yo‘qotishga yordam beradi.

 

Gripp bilan og‘riganda:

 

Gripp — bu nafas olish tizimiga taʼsir qiluvchi virusli infeksiya. Uning alomatlariga isitmaning 38ºC dan yuqori ko‘tarilishi, mushaklardagi og‘riq, titroq, terlash, bosh og‘rig‘i, yo‘tal va burun oqishi kiradi. Gripp odatda 4 – 7 kungacha davom etadi, ammo alomatlar bir necha hafta kuzatilishi mumkin. Grippda shamollagandagi kabi parhezga rioya qilish, tomoq og‘rig‘ini davolash va immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash muhimdir.

 

Isitma yuqori bo‘lganda:

 

Isitma ko‘tarilganda, organizmning suv balansini normal holatda ushlab turishga eʼtibor qaratish zarur. O‘tli damlama-choy kabi tanani sovutadigan mahsulotlar va bodring, sitrus mevalari, salat barglari, bulg‘or qalampiri, olma va uzum kabi suv miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni isteʼmol qilish kerak.

 

Oshqozon infeksiyasi bo‘lganda:

 

Bunda yengil hazm bo‘ladigan, yumshoq ovqatlarni isteʼmol qilish kerak. Ular oshqozonni tinchlantirishga yordam beradi va ovqat hazm qilishning yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Banan, guruch, olma pyuresi, kraker va o‘tli choylar eng yaxshi tanlovdir.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.